Xabaringiz bor, muhim siyosiy jarayonlar oldida turibmiz. Tez kunlarda O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berish berish jarayonlari – referendum o‘tkaziladi.

Aholining talab va istaklarini inobatga olib, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish maqsadida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi xalqimiz bilan har tomonlama muhokama qilindi, fuqarolardan 200 mindan ortiq taklif va mulohazalar olindi, albatta, bundan asosiy maqsad fuqarolar huquqlarini mukamallashtirib, Bosh qomusda mustahkamlash, Konstitutsiyani bugungi real voqelikka moslashtirish, yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratishdir.

Qonunchilik palatasi Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha umumxalq referendumini — 30-aprel, yakshanba kuni o‘tkazishni ma’qulladi.

Shunga muvofiq joylarda aholi va davlat korxona, tashkilot va muassasalari xodimlari bilan uchrashuvlar o’tkazilib, targ’ibot tadbirlar o’tkazilmoqda.

Xususan, bugun Qashqadaryo viloyati sudining Jinoyat ishlari bo’yicha sudyasi Homid Boboqulov, JIB Mirishkor tumani sudi raisi Bekzod Tagayev va Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Azamat Xamrayevlar boshchiligida tuman hokimligi majlislar zalida targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi.

Dastlab, Qashqadaryo viloyati sudining Jinoyat ishlari bo’yicha sudyasi Homid Boboqulov so’zga chiqib, Konstitutsiyani bugungi real voqelikka moslashtirish, yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi uchun mustahkam huquqiy poydevor bo’lishi haqida ta’kidladi.

Referendum o‘tkazish haqidagi qaror loyihasini:

Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilmoqda, moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni esa 275 tadan 434 taga ko‘paymoqda. Konstitutsiya matni 65 foizga yangilangan

JIB ishlari bo’yicha Mirishkor tumani sudi raisi quyidagilar haqida so’z yiritdi:

Bekzod Tog’ayev – JIB Mirishkor tumani sudi raisi

Referendumda kimlar ishtirok etish mumkin?

Referendum oʻtkaziladigan kunga qadar yoki referendum kunida oʻn sakkiz yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining har bir fuqarosi referendumda ishtirok etish huquqiga egadir.

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida istiqomat qilayotgan yoki turgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi referendumda ishtirok etishga toʻla haqlidir.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar referendumda ishtirok etish huquqiga ega emaslar.

Kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, maʼlumoti, tili, dinga munosabati, mashgʻulotining turi va xususiyatiga qarab fuqarolarning referendumda qatnashish huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash man etiladi.

Shundan so’ng, sud raisi amaldagi islohotlar, fuqarolarning mustahkamlanayotgan huquqlari haqida so’z yuritib, ishtirokchilarni befarq bo’lmaslikka chaqirdi.

Tadbirda tuman hokimligi, IIB, tibbiyot birlashma, Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan xodimlar haq-huquqlari, voyaga yetmaganlarni himoyalash, sudlanuvchining huquqlari haqidagi savollariga javob olishdi.