Mirishkor tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bо‘yicha o‘ribosari Sariqov Anvar Azamatovichning tuman Kengashi deputatlariga hisoboti
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2022 yil 27 apreldagi “Hududlarda yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni oʻrganish natijalari toʻgʻrisida”gi KQ-337-IV-sonli qaroridan.
Hozirgi kunda Mirishkor tumanida umumiy aholi soni 124,5 ming nafarni tashkil qiladi.
Shundan mehnatga layoqatli aholi soni 69417 nafarni, iqtisodiy faol aholi soni 56698 nafarni, Iqtisodiyotda band aholi soni 51220 nafarni shundan rasmiy sektorda band boʻlgan aholi soni 23940 nafarni norasmiy sektorda band boʻlgan aholi soni 27280 nafarni tashkil etadi. Ishga joylashtirishga muhtoj shaxslar 5478 nafarni yaʼni 9,7 foizni tashkil etadi.
Mirishkor tumanida 2022 yil yanvar-iyun oylarida aholi bandligini taʼminlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish dasturi boʻyicha 2075 ta doimiy va mavsumiy ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilgan shundan amalda 3385 ta ish oʻrni yaratilgan boʻlib rejaga nisbatan 163 foizda bajarilgan.
Sohalar kesimida koʻradigan boʻlsak Kichik korxonalar (yuridik)da 181 ta, Oʻzini-oʻzi band qilish hisobiga 1848 ta, YATT (dehqon xoʻjaliklarisiz)lar hisobiga 91 ta, Jamoat ishlariga 576 ta, Hunarmandchilik yoʻnalishida 62 ta, Kasb-hunarga oʻqitish hisobiga 627 ta ish doimiy va mavsumiy ish oʻrinlari yaratilgan.
Tumanda yangi tashkil qilingan “MIRISHKOR TEXTILE GROUP CLUSTER” MCHJ tomonidan zamonaviy tikuv fabrikasini ishga tushirish natijasida, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” va “”Temir daftar” dagi hamda 500 nafar xotin qizlar ish bilan taʼminlanadi. Bu esa aholining turmush tarzi yaxshilanishiga xizmat qiladi.