Tuman hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha o‘rinbosari Cho‘liyev Ulash Murodovichning tuman Kengashi deputatlariga hisobotidan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-92-sonli qarori ijrosini samarali tashkil etish maqsadida joriy yilning 1-choragida tumanda quyidagi ishlar amalga oshirilgan.
Jumladan:
- Tumanda “Yoshlar balansi” elektron platformasi toʻliq shakllantirilgan boʻlib, jami (0-30) yosh 61409 nafar, (0-6) yosh 16518 nafar, (7-17) yosh 22431 nafar, (18-30) yosh 22460 nafarni tashkil etadi.
Shundan: 956 nafari “Yoshlan daftari”ga tavsiya etilgan. Shundan 802 nafariga (84 %) koʻmak koʻrsatilib yoshlar daftaridan chiqarildi. - Shu bilan birga “Yoshlar dasturi”ning ijrosi yuzasidan shu kunga qadar jami 1111 nafar yoshlarning bandligini taʼminlashga erishildi.
Shundan: 464 nafar doimiy va jamoat ishlariga. - 205 nafar yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun jami
5 mlrd. 931 mln imtiyozli kreditlar ajratildi. - 290 nafar yoshlarga dehqon xoʻjaligi faoliyatini amalga oshirishlari uchun jami 223 ga yer maydonlari ye-auksion ochiq elektron savdolarga qatnashib ajratildi.
- 357 nafar yoshlarga dehqon xoʻjaligi faoliyatini amalga oshirishlari uchun takroriy ekin ekish roʻyxatlar shakllantirilib bugungi kunga qadar 125 nafar yoshlarga 65 gektar yer maydonlari ajratilib berildi.
- 152 nafar yoshlarga oʻzini oʻzi band qilishi uchun aholi bandlikka koʻmaklashish markazi bilan hamkorlikda jami 267 mln soʻmlik asbob uskuna va mehnat qurollari ajratildi.
- 311 nafar yoshlar oʻzlari qiziqgan kasb-hunarga oʻqitildi.
- 25 nafar yoshlar 1+1 tamoyili asosida tadbirkorlarga biriktirildi.
- Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida mahalliy byudjetning 15 foiz miqdorida mablagʻ ajratilishi belgilangan boʻlib, yil boshidan hozirgacha yoshlar jamgʻarmasiga 1 mlrd. 238 mln. soʻm mablagʻ ajratildi.
Yoshlar jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan: - 28 nafar yoshlarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatish uchun
30 mln. 240 ming soʻm toʻlab berildi. - 99 nafar yoshlarni haydovchilik kurslariga oʻqitishga 213 mln.
637 ming soʻm mablagʻ toʻlab berildi. - 30 nafar yoshlarni safarbarlik chaqiruv rezervi uchun 156 mln.
400 ming soʻm toʻlab berildi. - 80 nafar yoshlarning OTM shartnoma toʻlovlariga 282 mln.
500 ming soʻm mablagʻ toʻlab berildi.
Shu bilan birga har bir mahallada yoshlarni kitobxonlikga qiziqtirish va kutubxonalar tashkil etish maqsadida yoshlar jamgʻarmasidan 100 mln. soʻm mablagʻ ajratilib 4000 dona badiiy kitoblar olib kelindi. har bir mahallada yetakchilar tomonidan kutubxonalar tashkil etildi. - Yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida“Besh muhim tashabbus” doirasida yil boshidan hozirga qadar jami 3564 ta tadbirlar tashkil etilib 80 000 nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi. Ushbu tadbirlar davomida yoshlarni isteʼdodlarini roʻyobga chiqarish va ularni qoʻllab-quvvatlash besh muhim tashabbus doirasida qoʻllab-quvvatlash borasida 152 mln. soʻmdan ortiq mablagʻ sarflandi.
Bundan tashqari “Besh tashabbus” olimpiadasining mahalla, sektor bosqichlariga musiqa va sanʼat yoʻnalishida 8207 nafar, sport yoʻnalishida 14850 nafar, kitobxonlik yoʻnalishida 4360 nafar va kompyuter texnologiyalari yoʻnalishida 3695 nafar yoshlar qamrab olindi. Musobaqalar yuqori saviyada oʻtkazildi. Besh tashabbus olipiadalari davomida 5 nafar viloyat bosqichi 1 nafar respublika bosqichida yoshlarimiz faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi. - Tumanda KPI-baholash mexanizimi koʻrsatgichlariga koʻra mahallarda yashil 27 ta, sariq 13 ta tashkil etmoqda. Qizil hudud qolmadi.