Tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xо‘jalik masalalari bо‘yicha o‘rinbosari Eshmurodov Anvar Sheraliyevichning tuman Kengashi deputatlariga hisoboti
“Obod qishloq” dasturi doirasida tanlab olingan 2 ta (Ayzabod va Vori) qishloqlarda, 12,0 km ichki yoʻllar joriy va mukammal taʼmirlandi (2 km asfaltlashtirish), 5.5 km elektr uzatish tarmoqlari taʼmirlandi, 125 dona yangi temir beton ustunlar oʻrnatildi, 7 dona transformator punktlari taʼmirlandi. 9 km ichimlik suv tarmogʻi tortish, 1 dona suv inshooti taʼmirlash ishlari boshlab yuborildi. 30 dona maishiy gaz ballonlari tarqatildi, piyodalar yoʻlakchasi qurilish ishlari boshlandi, tungi koʻcha yoritish chiroqlari oʻrnatish ishlari loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanib tanlovga qoʻyilgan, 1 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari maʼmuriy binolari rekonstruksiya qilindi va 1 dona MFY binosi yangidan qurilmoqda, 2 ta oilaviy shifokor punktini rekonstruksiya qilinmoqda, 2 ta maktab kapital rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi, 2 ta maishiy xizmat koʻrsatish obʼektlari qurilib foydalanishga topshirildi.
Koʻp qavatli uy-joylar toʻgʻrisida Aholini uy-joyga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida 20 xonadonli 1 ta uy-joylar qurib bitkazildi, 3 tasida qurilish ishlari davom ettirilmoqda. (yil yakuniga qadar 100 ta oila uy-joyli boʻladi).
2022 yilda investitsiya Davlat dasturi asosida Mirishkor tumanidan 2 ta ijtimoiy soha obʼekti qurilish taʼmirlashga tushgan boʻlib, dastur ijrosi Pomuq shaharchasi Gulobod MFYdagi 22-sonli maktab binosida tender gʻolibi «Sanoat uy-joy qurilish servis» MCHJ.tomonidan qurilish ishlari boshlab yuborilib, hozirgi kunda 50 % ishlar amalga oshirildi.
Yangiobod QFYdagi 6-sonli MTM binosida tender gʻolibi «Yangi Xonabod maxsus qurilish» MCHJ tomonidan qurilish ishlari boshlab yuborilib, hozirgi kunda 40 % ishlar amalga oshirildi.
Yangi Jeynov va Mirobod mahallalarida 3.7 km velosiped yoʻlakchasi qurilish ishlari 30 % bajarilib qurilish ishlari davom etmoqda.
“Tashabbusli byudjet” dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5072-sonli Qarori ijrosi yuzasidan 1 mavsumida. Tuman xokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan jamoatchilik fikrlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining “openbyudjet.uz” portali orqali ovoz berish jarayonida gʻolib deb topilgan Yangi Mirishkor MFYdagi “Navroʻz” koʻchasi 600 metr qismini asfalt qilish uchun 2.7 mlrd soʻm, Jeynov ichimlik suvi inshooti yoʻlini asfalt qilish 150 metr uchun 68 mln soʻm, Mirishkor tuman markaziga kirish yoʻli (4 K 325 yoʻlining) 3.7 km qismini asfalt qoplamasi yotqizish uchun 1 mlrd soʻm, Baluj MFYda 1,4 km piyodalar yoʻlakchasi qurish uchun 260mln soʻm, Oltin boshoq MFYda 38 dona koʻcha chiroqlari oʻrnatish uchun 315 mln soʻm, Qurama MFYda 1 km piyodalar yoʻlakchasi qurish uchun 186 mln soʻm, 7-sonli maktabda Sport zal qurish uchun 900 mln soʻm, Jeynov shifoxonasi ichki yoʻllarini asfalt qilish (500metr), shifoxona xodimlari va bemorlar uchun alohida hojatxona, shifoxona uchun qorovulxona qurish uchun 250 mln soʻm, Mirishkor tuman Chamanzor yoʻllari taʼmirlash uchun 900 mln soʻm va Pomuq shaharchasidan oʻtgan «4P92» avtomobil yoʻlining Gulobod va Bahoriston mahallalarini bogʻlovchi kesishmadagi markaziy chorrahaga svetofor qoʻyish uchun 165 mln soʻm tashabbuslar 2 chorak yakuni bilan toʻliq qurilish ishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.02.2022 yildagi 71-sonli “ Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida” gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Mirishkor tumani hududidan hozirda 425 ta boʻsh yer maydoni «Yerelektron» AAT kiritilgan boʻlib, «E-auksion»da sotuvida turgani 315 ta, sotilgan yer maydonlari 15 ta va 95 ta yer maydoni yangidan tizimga kiritilgan boʻlib hozirda muhokama jarayonida tegishli tashkilotlar tomonidan koʻrib chiqilmoqda.
“Yashil makon”umummilliy loyihasi doirasida 2021-2022 yil kuz-bahor mavsumida jami 914 ming dona manzarali, mevali daraxt koʻchatlari ekish rejalashtirilgan boʻlib, 2021 yil kuz mavsumida 386,1 ming dona manzarali va mevali koʻchatlar ekildi va reja 100,6 foizga bajarildi.
2022 yil bahorgi ekish mavsumida 594 ming dona daraxt koʻchatlari ekish rejalashtirilgan boʻlib, amalda 597 ming dona mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekilib reja 100,4 foizga bajarildi.