Mirishkor tuman prokurori — 2-sektor rahbari Sardor Nazarov Xalq ta’limi bo‘limi mudiri Bektosh Shodiyev bilan sektor hududidagi «Mirishkor» mahallasida joylashgan 38-sonli maktabda bo‘lib, isitish tizimlarining holati, mavsumi betalafot oʻtkazish maqsadida xavfsizlik qoidalariga amal qilinganlik holatini oʻrgandi.
Shuningdek:
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14-mart kunidagi PQ-2833-sonli Qarori bilan «Payshanba — Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» etib belgilangan. Sana munosabati bilan tuman prokurori oʻrinbosari Botir Moʻminov, IIB boshligʻi oʻrinbosari Muyiddin Nigmatov va IIB JXX Probatsiya guruhi katta inspektori Ilyos Diyarovlarlar tomonidan Probatsiya guruhi hisobida turib jazo oʻtayotgan hamda profilaktik hisobda turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan jinoyatchilikning oldini olish maqsadida profilaktik suhbatlar oʻtkazildi.
- Prokuror katta yordamchisi Bobur G‘oziyev va departamentning tuman bo‘limi boshlig‘i Bahriddin Azizovlar Jeynovdagi arzonlashtirilgan narxlardagi oziq-ovqat yarmarkasida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash, narx-navoning sunʼiy tarzda oshib ketishini oldini olish maqsadida savdogarlar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazishdi.
- 2022-2023 yil kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish hamda vujudga kelgan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish maqsadida IIB binosida tashkil etilgan uzluksiz kunu-tun faoliyat yurituvchi navbatchilik “TUMAN SHTABI” faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati o‘rganildi.