Mirishkor tuman hokimligida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator Gulnora Marufova ishtirokida targʻibot tadbiri boshlandi.

Tadbirda tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi xodimlari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.

Senator Gulnora Marufova Senatning yigirma toʻqqizinchi yalpi majlisida muhokama etilgan masalalar, jumladan iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga yanada jiddiy eʼtibor qaratish va boshqalar haqida batafsil maʼlumot berdi.

@mirishkorpress