Mirishkor tuman hokimi Sherali Choriyevich Sanayevning «Investitsiyalarni jalb qilish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar» mavzusida o‘tkazgan matbuot anjumanida tuman rahbari OAV vakillariga, ular orqali jamoatchilikka tumanda barcha sohalarda amalga oshirilgan ishlarning 6 oylik yakuni bo‘yicha axborot berdi.

Mirishkor tumanida umumiy aholi soni 125,1 ming nafarni tashkil qiladi. Shundan mehnatga layoqatli aholi soni 69417 nafarni, iqtisodiy faol aholi soni 56698 nafarni, Iqtisodiyotda band aholi soni 51220 nafarni, shundan rasmiy sektorda band boʻlgan aholi soni 23940 nafarni, norasmiy sektorda band boʻlgan aholi soni 27280 nafarni tashkil etadi.
Mirishkor tumanida 2022 yil yanvar-iyun oylarida tumanda roʻyxatga olingan hamda faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subʼektlari soni 1402 tani tashkil etadi.

Tumanda 6 oylik yakuni bilan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar toʻgʻrisida:

Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 5,9 mln AQSH dollari boʻlib oʻtgan 2021 yilga nisbatan 342,6 foizga oʻsgan.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 362,8 mlrd soʻm boʻlib oʻtgan 2021 yilga nisbatan 142,6 foizga oʻsgan.
Xizmatlar hajmi 328,2 mlrd soʻm boʻlib oʻtgan 2021 yilga nisbatan 114,9 foizga oʻsgan.
Chakana savdo aylanmasi hajmi 252,6 mlrd soʻm boʻlib oʻtgan 2021 yilga nisbatan 103 foizga oʻsgan.

Qishloq xoʻjaligi hajmi 890,4 mlrd soʻm boʻlib oʻtgan 2021 yilga nisbatan 107,3 foizga oʻsgan.
Tumanda kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 275,3 mlrd soʻm boʻlib oʻtgan 2021 yilga nisbatan 598,6 foizga oʻsgan.

2022 yilda hududiy investitsiya dasturi boʻyicha qiymati 437,7 mlrd. soʻmlik 39 ta investitsiya loyihalari ishga tushirilishi natijasida 1587 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirgan.
Sohalar kesimida aytadigan boʻlsam, Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida loyihalar soni 8 ta boʻlib, ish oʻrni 197 ta, Sanoat yoʻnalishidagi loyihalar soni 18 ta, ish oʻrni 1335 ta, Xizmat koʻrsatish yoʻnalishidagi loyihalar soni 13 ta, ish oʻrni 55 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda 123,0 mlrd soʻmlik 11 ta investitsiya loyihalari ishga tushirilib 509 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi, misol uchun «The Best Agroxim Cluster» MCHJ tomonidan Un zavodi qurishni tashkil etish loyihasi ishga tushirilishi natijasida 100 nafar ishsiz aholi ish bilan taʼminlangan hamda Pomuq shaharchasida «UNIVERSAL YASINA TEX» MCHJ tomonidan Ip-kalava ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilishi natijasida 350 nafar ishsiz aholi ish bilan taʼminlangan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 apreldagi “Hududlarda tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-212-sonli qaroriga asosan tumanda 2-yarim yillikda umumiy qiymati 37,7 mlrd.soʻmlik shundan 27,2 mlrd soʻm imtiyozli kreditlar asosida 42 ta loyihalar ishga tushiriladi va natijada 177 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi kuzda tutilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-72 sonli Oʻzbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini tasdiqlash hamda Investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan 2022 yilda tumanda jami 2 ta loyihada 2,7 mln AQSH dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlar oʻzlashtirilishi belgilangan.

Joriy yilning 6 oylik yakuni bilan 8,7 mln AQSH dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlar oʻzlashtirilgan boʻlib, yillik rejaga nisbatan 3 barobar ortigʻi bilan bajarildi.
Tumanda 2022 yilning birinchi yarim yilligiga tomorqa va dehqon xoʻjaliklari yerlaridan samarali foydalanish orqali aholining daromadini oshirish, shu bilan birgalikda oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida ham bir qator ishlarni amalga oshirdik.

Joriy mavsumda murakkab ob-havo boʻlishiga qaramasdan zahmatkash fermer va dexkonlarimiz tomonidan 22250 gektar maydoniga boshoqli don ekinlari ekilib, amalda 51 590 tonnadan ortiq gʻalla yetishtirildi. Yaʼni oʻtgan yilga nisbatan 7190 tonna ortiqcha bugʻdoy davlat va zaxira omborlariga topshirilishiga erishdik.
Shuningdek, tumandagi 927 gektar aholi tomorqalariga toʻqsonbosti usulida piyoz, sarimsoqpiyoz, koʻkatlar, sabzavot ekinlari ekilishi taʼminlandi. Ushbu toʻqsonbosti ekinlaridan 12677 tonna, shundan 6681 tonna piyoz, 695 tonna sarimsoq piyoz, 3535 tonna sabzi, 1357 tonna koʻkatlar, 408 tonna karam mahsulotlari yetishtirilib, xalqimiz dasturxoniga va ichki bozorlarga yetkazib berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 noyabrdagi PQ-20-sonli qarorlariga asosan joriy yilda paxta va galla maydonidan qisqartirilib, 691 gektar yer maydon dehqon xoʻjaliklari tashkil etish uchun ajratilishi belgilangan boʻlib, shundan hozirgi kunga kadar 916 nafar fuqaroga 661 gektar yer maydonlari dehqon xoʻjaligi tashkil etish uchun ajratib berildi.
Tanlov gʻoliblariga esa “Bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida qishloq xoʻjaligi ekinlari ektirildi.
Tuman hududlarida 2022 yil hosili uchun ertaki ekinlardan va gʻalladan boʻshagan 8500 ming gektardan ortiq maydonlarga takroriy ekin sifatida oziq ovqat ekinlari ektirish ishlari amalga oshirilib borilmoqda.
Jumladan:
350 gektar maydonga sabzavot, 585 gektar maydonga poliz, 110 gektar maydonga moyli, 80 gektar maydonga dukkakli, 1850 gektar maydonga ozuqa ekinlari, 1329 gektar maydonga makka don uchun va 2562 gektar maydonga boshqa ekin turlari ekilmoqda.
Hurmatli anjuman ishtirokchilari!
“Ayollar daftari” boʻyicha toʻxtalib oʻtadigan boʻlsam, hozirgi kunda tumanimizda 2 184 nafar xotin-qizlarlar “Ayollar daftari” ga kiritilgan.boʻlib, oʻtgan 6 oylikda ularning 1 549 nafari (70,5%)ga koʻmaklashildi.
1 188 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarning 854 nafari (71,9%) ish bilan taʼminlandi. jumladan, 256 nafari takroriy ekin yeriga jalb etilgan, 133 nafari kasb-hunarga oʻqitilgan, 112 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlangan, 52 nafariga subsidiya ajratilgan, 172 nafari oʻzini oʻzi band qilgan, 129 nafari doimiy ishga joylashtirildi. Shu bilan birgalikda 661 nafar xotin-qizlarga “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan 658,9 mln soʻmlik bir martalik moddiy yordam pullari tarqatilgan, 8 nafar xotin-qizlarning uy-joylari taʼmirlab berildi.

“Yoshlar daftari” boʻyicha, tumanda “Yoshlar balansi” elektron platformasi toʻliq shakllantirilib, jami (0-30) yosh 61 409 nafar, (0-6) yosh 16 518 nafar, (7-17) yosh 22 431 nafar, (18-30) yosh 22 460 nafarni tashkil etadi. Tumanda joriy yilda 956 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan boʻlib. Amaliy ishlar natijasida bugungi kunda 802 nafari (84%) “Yoshlar daftari” dan chiqarildi.
Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida mahalliy byudjetning 15 foiz miqdorida mablagʻ ajratilishi belgilangan boʻlib, joriy yil boshidan “yoshlar jamgʻarmasi”ga 1 mlrd. 238 mln. soʻm mablagʻ tushirilib, jami 1441 nafar yoshlar manzilli yordamlar koʻrsatildi. Jumladan,
28 nafar yoshlarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatish uchun
30,2 mln. soʻm, 99 nafar yoshlarni haydovchilik kurslariga oʻqitishga 213,6 mln. soʻm, 30 nafar yoshlarni safarbarlik chaqiruv rezervi uchun 156,4 mln. 400 ming soʻm va 80 nafar yoshlarning oliy taʼlimda oʻqishlari uchun 282,5 mln. soʻm toʻlov kontrakt pullari toʻlab berildi va 32 nafariga takroriy ekin hisobidan yer ajratib berilib daromad oshishiga erishildi.

Shu bilan birga har bir mahallada yoshlarni kitobxonlikga qiziqtirish va kutubxonalar tashkil etish maqsadida yoshlar jamgʻarmasidan 100 mln. soʻm mablagʻ ajratilib 4 000 dona badiiy kitoblar olib kelindi va xar bir mahallaga 100 donadan kitob ajratib berildi.
Bugungi kunda tumandagi maqsadli jamgʻarmalarda jami 590,2 mln. soʻm “Yoshlar daftari” jamgʻarmasida 140,5 mln. soʻm, “Ayollar daftari” jamgʻarmasida 331,0 mln soʻm va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasida 118,7 mln soʻm qoldiq mablagʻlar mavjud.

Hokim yordamchilari boʻyicha:
Mirishkor tumanida hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar boʻyicha, tuman boʻyicha 990 nafar fuqarolarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 28 mlrd 869 mln.soʻmlik kredit olish uchun tavsiyanomalar berilib, 775 nafar fuqarolarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 22 mlrd 609 mln.soʻmlik kredit ajratildi.
Mirishkor tumanidagi paxta va gʻalladan qisqartirilgan maydonlardan umumiy maydoni 735,8 gektar boʻlgan qishloq xoʻjaligi yerlarini ijaraga berish maqsadida 1037 lotlarga boʻlinib, auksionga qoʻyilib, 912 nafar fuqarolarga 662,4 gektar yer maydonlari ajratildi.

Kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha 1 009 nafar fuqarolar yoʻnaltirilib, oʻquv markazlarida va boshqa nodavlat taʼlim muassasalarida oʻqitildi.
272 ta yuridik va 149 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subʼektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Tuman boʻyicha 7 834 nafar fuqarolarning bandligi taʼminlandi. Shundan 1 676 nafari doimiy ish joylariga, 167 nafari haq toʻlanadigan jamoat ishlariga, 2 445 nafari oʻzini oʻzi band qilindi va 1781 nafar fuqarolarga takroriy ekin ekish uchun 0,50-1,0 gektardan yerlar olib berilib daromad manbai koʻpaytirishga erishildi.
Tumandagi 40 ta mahallalarda 2022 yil yanvar-iyun oylarida jami 175 ta loyiha ishga tushirilib, 425 ta nafar fuqarolarning bandligi taʼminlandi.
Hokim yordamchilari tomonidan berilgan tavsiyanomalarga asosan mahallalarda bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan jami 289 ta ishsiz fuqarolarga jami 494 mln soʻm subsidiya mablagʻlari ajratildi.

Matbuot anjumani yakunida OAV vakillari, jurnalist, bloger va ijtimoiy tarmoq faollari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Maʼlumot oʻrnida, AOKAning viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan matbuot anjumanida 5 nafar bloger, 4 nafar gazeta va jurnal muxbirlari, «Qashqadaryo TRK» va «Nasaf TV» muxbirlari va boshqalar ishtirok etishdi.