2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, Xalq qabulxonalari va mahalliy hokimliklarga tushgan murojaatlar soni, olis va tabiiy iqlim sharoiti ogʻir hududda joylashganligi, aholi va tadbirkorlarning oʻzlari istiqomat qilayotgan hududni birgalikda obodonlashtirish haqidagi tashabbuslari mavjudligini inobatga olgan holda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari (keyingi oʻrinlarda – Dasturlar) doirasida 2022 yil uchun qurilish, taʼmirlash hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan jami 413 ta qishloq va mahalla tanlab olindi.
Jumladan, joriy yilda Mirishkor tumanidagi “Ayzabod” va “Vori” qishloqlari mazkur dasturga kiritilib, amalda ishlar boshlab yuborildi.
Birgina, «Ayzabod” mahallasida 9.8 km ichki yoʻllar tosh-shagʻal yoʻl yotqizilishi rejalashtirilgan boʻlib, shundan ayni damda 8.6 km yoʻlga tosh-shagʻal yotqizildi. 4.1 km ichki yoʻllar taʼmirlanib, asfalt yotqizilmoqda. Mahalla hududida dastur asosida mahalla fuqarolar yigʻini binosining qurilishi ishlari boshlab yuborildi. Qishloq aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida 3 km suv tarmoqlari tortilmoqda. Natijada mahalladagi 90 ta xonadon ichimlik suvi bilan taʼminlanadi. Mazkur suv taʼminoti loyihasini amalga oshirish uchun Respublika byudjetidan 700 mln soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlib, tender savdosi oʻtkazildi.
Mahallada 11 km havo liniyalarini tortish rejalashtirilgan. 225 ta yogʻoch ustunlar temir-beton ustunlarga almashtiriladi. 2 ta yangi TP oʻrnatiladi. Mavjud 6 ta TP joriy taʼmirlanadi.
Shuningdek, dastur doirasida 18 nafar fuqaroga suyultirilgan gaz ballonlari tarqatilmoqda.
Dastur asosida mahalladagi 11-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabini taʼmirlash uchun loyiha smeta hujjatlari tayyorlanib, tender savdolari oʻtkazildi.
Shuningdek, “Vori” qishlogʻida Davlat dasturi asosida 4.5 km ichki yoʻllarga tosh-shagʻal yotqizildi. Ichki yoʻllarga 9.5 km asfalt yotqizish rejalashtirilgan. Qishloq hududida dastur asosida mahalla fuqarolar yigʻini binosi qayta taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi. 20 nafar fuqaroga suyultirilgan gaz ballonlari tarqatilmoqda.
Elektr taʼminoti korxonasi tomonidan 125 dona temir beton ustunlari oʻrnatildi. 5 dona mavjud TPlar qayta taʼmirlandi. 9 km havo liniyalari tortiladi. 1 dona yangi TP oʻrnatiladi. Shu bilan birga, qishloqda aholining ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida 6 km tarmoqlar tortiladi.
Ushbu qishloqda 18-sonli maktab, maktabgacha taʼlim tashkiloti va bir dona OSHP binosi toʻliq rekonstruksiya qilinadi. Mazkur ijtimoiy soha obʼektlarida loyiha smeta tayyorlanib, tender savdolari oʻtkazildi.
Mavzuga doir: