Salohiyatli yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga tayyorlash, ularda liderlik koʻnikmalarini shakllantirish, yosh  kadrlarni seleksiya qilish maqsadida Qashqadaryoda “Kelajak liderlari” klubi tashkil etilgan.

Mirishkor tuman hokimi Sherali Sanayev tashabbusi bilan viloyatda «Kelajak liderlari» klubi a’zolarining ilk amaliyot dasturi Mirishkor tumanidan boshlandi.

«Hokim bilan bir kun» loyihasi doirasida tashrif buyurgan qashqadaryolik liderlarga Mirishkor yuqori darajada mezbonlik qildi.

«Kelajak liderlari» klubi prezidenti Abbosxon Egamberdiyev boshchiligidagi liderlar olis Turkmaniston bilan chegara hudud Pomuq shaharchasiga borishdi.

Tadbirda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi M. Xushvaqtova ishtirok etdi.

Dastlab, liderlar Pomuq shaharchasi istirohat bog‘idagi mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yishdi. So‘ngra, har bir klub a’zosi shu yerda tashkil etilgan «Kelajak liderlari bog‘i» ga ko‘chat ekishdi. Mirishkor tuman hokimi, Oliy majlis Qonunchilik palatasi a’zosi va klub Prezidenti ham ushbu bog‘da ko‘chat ekib, «Yashil makon» umummilliy loyihasi ijrosiga hissa qo‘shdilar.

«Hokim bilan bir kun» loyihasi jarayonlarini «Daryo» sayti muxbiri, «Qashqadaryo TRK» vakillari, blogerlar va boshqa OAV vakillari yoritib borishdi.