FOTO: «Sabohat gulg‘unchalari» NMTT

Majburiy ijro byurosi Mirishkor tuman boʻlimi ish yurituvida tumandagi «SABOHAT GULGʻUNCHALARI» nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotidan undiruvchi davlat foydasiga 6,1 mln soʻm soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati mavjud. Boʻlim davlat ijrochilarining ogohlantirishlariga qaramasdan taʼlim muassasasi qarzdorlikni bartaraf etmagan. Oqibatda, joriy yilning 15-noyabr kuni muassasaning maʼmuriy binosi xatlab olindi.

Shuningdek, joriy yilning 14-sentyabr kuni boʻlim ish yurituviga «Dilnura fayz» NMTMning 2,3 mln soʻm miqdorida soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida ushbu taʼlim muassasasining ham koʻchmas mulk obʼekti xatlandi.

Qarzdor «OBOD JAVOHIR ELITA» fermer xo’jaligidan undiruvchi DSI foydasiga 79.2 mln so’m soliq qarzdorligi undirish bo’yicha mol-mulklari xatlandi.

Bundan tashqari, shu kuni Jeynov dehqon oziq-ovqat bozori, «Universal Yasina teks», «Hamroyev Akmal Joʻrayevich» fermer xoʻjaligi, tuman Xalq taʼlimi boʻlimining ham soliq va boshqa majburiy toʻlovlardan boʻlgan qarzdorligi evaziga mol-mulklari xatlandi.