O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 28-iyul kuni yangi tahrirdagi «Sudlar to‘g‘risida» gi qonunni imzoladi.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 15-iyunda, Senat tomonidan esa 28-iyunda ma’qullangan.
Yangi qonunda sudyalar maqomi, ularning mustaqilligi kafolatlari va sudya lavozimiga nomzodlar va saylangan shaxslarga qo‘yilgan talablar xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan.
Hujjatda sudyalarning intizomiy javobgarligi qayta ko‘rib chiqilgan, sudyalarning vakolatlarini bekor qilish asoslari va tartibi aniqlashtirilib, ularning sudyalarning ijtimoiy himoyasi ta’minlanmoqda.
Tuman yoki shahar sudining sudyasi yetib tayinlash yoki saylash uchun yuridik kasb bo‘yicha eng kam ish staji 5 yil o‘rniga 7 yil, viloyat sudyaligiga — 7 yil o‘rniga 10 yil, Oliy sud sudyaligiga — 10 yil o‘rniga 15 yil etib belgilanmoqda.
Sudyalarning intizomiy javobgarligi ilgari qonunning 73 moddasi bilan tartibga solingan bo‘lsa, endi ushbu normaga 4 ta moddadan iborat 11-bob bag‘ishlangan.
Unga ko‘ra, sudya intizomiy javobgarlikka quyidagi holatlarda tortilishi mumkin:
- odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzganlik uchun;
- sud ishini tashkil etishda beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun;
- sudyalik sha’ni va qadr-qimmatiga bog‘ tushiradigan hamda sudning obro‘sini tushiradigan nojo‘ya xatti-harakat sodir etganligi uchun;
- Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganlik uchun.
Sudyalarning malaka hay’ati sudyaga quyidagi intizomiy jazolardan birini qo‘llashi mumkin:
- ogohlantirish;
- hayfsan;
- o‘racha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima;
- malaka darajasini bir pog‘onaga pasaytirish;
- vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish.
Yangi qonun bilan kiritilgan 12-bob sudyaning vakolatlarini to‘xtatib turish va tugatish holatlari va tartibini nazarda tutadi.
BEGZOD TAGAYEV
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirishkor tuman sudi raisi